21:11 / 14.11.2020
3 057

Armaniston MXX sobiq rahbari hibsga olindi

Armaniston MXX sobiq rahbari hibsga olindi
Foto: RIA Novosti
Armaniston milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Artur Vanetsyan mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda uning advokati Lusine Saakyan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vanetsyan 14 noyabr kuni MXX tergov departamentiga chaqirilgan va hibsga olingan. Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari shuningdek, hokimiyatni egallab olish, noqonuniy ravishda qurolga ega bo‘lish va saqlashda gumon qilinmoqda.

«Bularning barini huquqiy jihatdan izohlashning imkoni yo‘q. Bu hokimiyatni saqlab qolishga qaratilgan sharmandali siyosiy ta’qib, davlatga qarshi dasturlarni oxiriga yetkazishdir», — deb ta’kidladi Saakyan.

Yerevanda bir necha kundan buyon Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha tinchlik kelishuvi imzolagani uchun Pashinyanning iste’fosi talab qilingan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu aksiyalarda Vanetsyan ham ishtirok etgan.

Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 9 noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston MXX sobiq rahbari hibsga olindi