14:20 / 15.11.2020
1 397

Osiyo davlatlari erkin savdo haqida dunyodagi eng yirik kelishuvni imzoladi

Osiyo davlatlari erkin savdo haqida dunyodagi eng yirik kelishuvni imzoladi
Foto: Zhangjingang / Globallookpress
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 15ta davlati erkin savdo haqida dunyodagi eng yirik kelishuvni imzoladi. Kelishuv Xitoyning qo‘llab-quvvatlovida tuzilgan.

Mintaqaviy keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik (RCEP) kelishuvi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASЕAN) onlayn-sammitida imzolandi. Unga Janubi-Sharqiy Osiyoning 10ta davlati - Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin hamda Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Avstraliya kirdi.

Kelishuv orqali tarkibiga AQSH kirmaydigan yirik savdo bloki shakllantirildi. Reuters axborot agentligining ta’kidlashicha, bunday blok Xitoyning kelishuvga kirgan davlatlarning iqtisodiy hamkori sifatidagi pozitsiyalarini mustahkamlash hamda ushbu hududda savdo qilish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi.

Tez orada RCEP uni imzolagan davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinadi va kuchga kiradi. Bu pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklashga ko‘mak beradi”, deb aytgan Vetnam bosh vaziri Nguyen Suan Fuk.

Kelishuvga kirgan davlatlarning umumiy aholisi 2,2 mlrd kishini tashkil qiladi. Ushbu davlatlarga jahon iqtisodiyotining 29 foizi to‘g‘ri keladi va ularning umumiy yalpi ichki mahsuloti hajmi 26,2 trln dollarni tashkil qiladi. Bu Yevropaning ulushidan (33 foiz) kamroqni tashkil qiladi, biroq ekspertlarning fikricha, ushbu ko‘rsatkich yaqin orada o‘sishi mumkin.

Kelishuv doirasida past qiymatli savdo bojlari amal qiladi, elektron savdoning yangi qoidalari tizimlashtiriladi, tovarlar ishlab chiqarilgan davlatlarni belgilashning unifikatsiyalashgan qoidalari qo‘llangan holda yetkazmalar zanjiri mustahkamlanadi.

Osiyo davlatlari o‘rtasida bunday kelishuvning paydo bo‘lishi AQSH kompaniyalari va ushbu kelishuv hududidan tashqaridagi boshqa transmilliy korporatsiyalarni noqulay vaziyatga qo‘yishi mumkin. Bu AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Vashingtonning Transtinchokeani hamkorligi (TTH) kelishuvidan chiqishi haqida 2017 yilda imzolagan memorandumidan keyin ayniqsa seziladi. Ushbu kelishuv doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo hududini tashkil etish ko‘zda tutilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)