19:27 / 15.11.2020
4 118

Arab shayxi qurdirgan Yer shaklidagi uy (foto)

Arab shayxi qurdirgan Yer shaklidagi uy (foto)
Foto: «Moya planeta»
Yer – barchaning umumiy uyi. Bu borada bahslashishning hojati yo‘q, kimdir esa allaqachon buni amalda ko‘rsatishga ulgurgan. Masalan, arab shayxi Xamad al-Naxayyan. Uning oilasi BAAdagi Abu-Dabi amirligini boshqaradi. 1990 yillarda u o‘zining Yer ko‘rinishidagi ko‘chma uyini qurdi. Uyning xususiyatlari ham prototip kabi dumaloq va qit’alarga bo‘lingan, deb yozadi «Moya planeta».

Uyning o‘lchami 20 metr kenglikda bo‘lib, balandligi 12 metrni tashkil etadi. Kichraytirilgan Yer-uyning ichida to‘rtta yotoqxona va oltita hammom mavjud. Uy to‘rt qavatdan iborat. Xamad odatda sahroga ko‘p sayohat qilgani tufayli ushbu uyni qurgan edi. Hozirda ko‘chma uy hech qayerga bormaydi. Uni Abu-Dabi amirligidagi milliy avtomobillar muzeyida ko‘rish mumkin.

Foto: «liveinternet.ru»
Xamadning ushbu uyi hattoki Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Yer-uy dunyodagi eng noyob inshootlardan biri deb topilgan. Shayx pul va tasavvurga ega har bir kishida bu kabi loyiha mavjud, deb hisoblaydi.

Foto: «liveinternet.ru»
Aytgancha, Yer-uy Xamadning yagona g‘aroyib uyi emas. Uning ikki qavatli tirkama uyi ham bor. Bundan tashqari, Xamadda turli rangdagi qimmatbaho mashinalar garaji mavjud. Shuningdek, al-Futaisi orolida o‘z ismini ulkan kilometr harflarda yozdirgan va qumda ko‘rinmay qolmasligi uchun atrofi to‘sib qo‘yilgan. Yozuvni yuqoridan aniq ko‘rish mumkin.

Foto: «liveinternet.ru»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arab shayxi qurdirgan Yer shaklidagi uy (foto)