08:00 / 16.11.2020
2 036

Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi

Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi
Foto: AP Photo
COVID-19 koronavirus infeksiyasiga sabab bo‘luvchi SARS-CoV-2 virusi vaqti-vaqti bilan mutatsiyaga uchrab turgani va shu sababli ham butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. AQSHdagi Shimoliy Karolina hamda Viskonsin universitetlari olimlari shunday xulosaga kelgan. Bu haqda MedicalXpress nashri Science ilmiy jurnaliga asoslanib xabar qilgan.

Tadqiqot mualliflari koronavirusning Yevropada tarqalgan va D614G nomli yangi shtammini o‘rgangan. Ulardagi ma’lumotlarga ko‘ra, u pandemiya boshidagi Xitoy shtammidan tarqalish va tezroq ko‘payish xususiyatiga ega.

Shuningdek, hayvonlarda o‘tkazilgan sinovlarda yangi shtammning kasallikning og‘ir shakliga olib bormasligi va vaksinalar, antitanalar asosidagi preparatlarga sezgisi kuchli ekani aniqlangan.

Tadqiqotchilarning fikricha, D614G shtammi tikanli oqsilning hujayralarini ochib virusning paydo bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bu virusning zaif yadrosi va ayni vaqtda sinovdan o‘tkazilayotgan uni neytrallashtiradigan antitanalar uchun yo‘l ochadi.

Tadqiqot mualliflari kasallikka qarshi kurash metodlari virus tuzilmasiga ta’sir qilish yoki qilmasligini tekshirishga ham uringan.

«Original Xitoy shtammiga asoslangan barcha vaksinalar yaxshi immun javobini beradi va Yevropa shtammidan ham himoya qiladi», — deya Shimoliy Karolina universiteti epidemiologiya, mikrobiologiya va immunologiya professori Ralf Barik so‘zlarini keltirgan WebMD.

SARS-CoV-2 virusi mutatsiya natijasida yana ham tezroq yuqish xususiyatiga ega bo‘lishi haqida AQSH allergik va infeksion kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi ma’lum qilgandi. Keyinchalik Gonkong universiteti tibbiyot maktabi professori Gabriel Leung xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra mutatsiya koronavirusning nisbatan keng tarqalgan shtammida yuz bergani, oqibatda kasallanish ko‘rsatkichi chorak barobarga kuchayganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi