15:05 / 16.11.2020
4 746

Rossiya ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor: kimlarga ruxsat beriladi

Rossiya ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor: kimlarga ruxsat beriladi
Rossiya hukumati ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin brifingda aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, pandemiya davrida qurilish sohasida ishchi kuchining yetishmovchiligi yuzaga kelgan - mehnat migrantlarining bir qismi uyiga ketgan va Rossiyaga qaytib kela olmayapti.

"Ko‘plab migrantlar qurilish maydonlarida ishlaydi. Cheklovlar kiritilgandan so‘ng, ularning bir qismi mamlakatni tark etdi, uylariga ketishdi, lekin qaytib kela olmayapti. Shu sababli, mamlakatimizda mehnat resurslari etishmasligi muammosi haqiqatan ham kuchayib bormoqda", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Endi hukumat bu muammoning yechimini qidirmoqda: Rossiya hukumati migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi. Bundan tashqari, bu tajriba allaqachon mavjud.

""Vaxtovik"larni ma’lum qurilish maydonchalariga olib kelish kerak bo‘lganda bir qator korxonalarda bunday tajriba mavjud edi. Biz shunday qarorlarni qabul qilardik, barcha choralar ko‘rilib, karantinga rioya qilingan. Tibbiy ko‘rik, barcha tahlillar - hammasi ish beruvchilarning hisobidan. Va odamlar olib kelingan", - dedi u.

Xusnullinning qo‘shimcha qilishicha, davlat ko‘magi tufayli Rossiyada qurilish maydonlari tobora ko‘payib bormoqda, ammo hozirda odamlarning yetishmovchiligi keskin sezilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor: kimlarga ruxsat beriladi