19:47 / 16.11.2020
4 164

Putin koronavirus pandemiyasining yana bir yaxshi tomonini ma’lum qildi

Putin koronavirus pandemiyasining yana bir yaxshi tomonini ma’lum qildi
Foto: «Zen.yandex.ee»
Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralarning yopilishi 2020 yil birinchi yarmida Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasini uchdan bir qismga kamaytirishga yordam berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiyaning ijobiy tomonlari haqida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi «TASS».

«Musibat yordam berdi», — dedi u Rossiya xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Davlat rahbari, shuningdek, gubernatorlar giyohvandlikka qarshi siyosat uchun shaxsan javobgar ekanligini ta’kidladi.
«Vakolatli shaxslar uni nazorat ostida ushlab turishi kerak, shuningdek, xususiy narkoreabilitatsiya markazlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur», — dedi Putin.

Rossiya prezidenti yengil giyohvand moddalarni iste’mol qilishning bezrarligini targ‘ib qilayotganlarni fosh etishni talab qildi. Shuningdek, u OAV, ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi zamonaviy axborot siyosatini kengaytirish zarurligini aytdi.

Putinning ta’kidlashicha, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash milliy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U bu yo‘nalishda qat’iyroq harakat qilishga chaqirmoqda.

«Giyohvand moddalar har yili minglab fuqarolarimizni nogiron qilib, o‘ldiryapti», — dedi Rossiya rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin koronavirus pandemiyasining yana bir yaxshi tomonini ma’lum qildi