20:20 / 16.11.2020
2 091

Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqariladigan zavod quriladi

Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqariladigan zavod quriladi
Vladimir Putin vaQosim-Jo‘mart To‘qayev / Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqariladigan zavod qurilishi to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

"Rossiya prezidenti bilan Rossiya vaksinasini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi to‘g‘risida kelishuvga erishdim. Hukumat bu zarur loyihaga investitsiya jalb etish bo‘yicha muzokaralarga kirishdi", - dedi To‘qayev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

To‘qayev shuningdek, Qozog‘istonning ikkita vaksinasi salohiyatli preparatlar ro‘yxatiga kiritilgani va klinik sinovlardan o‘tkazilayotganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, biologik xavfsizlikni ta’minlashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhim hisoblanadi.

Ma’lumot berilishicha, o‘tgan haftada Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotida Qozog‘iston hududida birgalikda vaksina ishlab chiqarish mavzusini muhokama qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqariladigan zavod quriladi