1 733
BioNTech kompaniyasi rahbari odamlar qachon odatiy hayot tarziga qaytishi mumkinligini aytdi

Foto: Reuters
Germaniyaning BioNTech farmatsevtika kompaniyasi asoschilaridan biri va rahbari Ugur Shaxinning fikricha, kelayotgan qish qiyin bo‘ladi, chunki vaksinalar COVID-19 bilan kasallanish holatlari soniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga ulgurmaydi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.
Noyabr oyining boshida BioNTech va AQSHning Pfizer kompaniyasi ular ishlab chiqarayotgan vaksina sinovlarda 90 foizdan yuqori samaradorlikni ko‘rsatganini ma’lum qildi. Bu esa fond bozorlarida kotirovkalarning tez o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Biroq Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaqin oylarda yaxshilanmaydi.
«Bu qish qiyin bo‘ladi», — deb ogohlantirdi BioNTech rahbari. Ugur Shaxinning aytishicha, hatto eng yaxshi holatda ham, uning kompaniyasi o‘z vaksinasini yetkazib berishni faqat 2020 yilning oxirida yoki 2021 yil boshida boshlashi mumkin. Kompaniya rahbari Yevropa Ittifoqi aholisining kamida bir qismini emlash uchun zarur bo‘lgan 300 million dozani ishlab chiqarish faqat 2021 yilning apreligacha rejalashtirilganligini ta’kidlagan.
Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning yozida COVID-19 yuqtirish darajasi tabiiy ravishda kamayadi, ammo keyingi kuzga qadar emlashni yakunlash kerak.
«Ishonchim komilki, shunday bo‘ladi, chunki vaksinalar ishlab chiqaradigan bir qator kompaniyalar mavjud bo‘lib, bizga yetkazib berishni ko‘paytirishga yordam beradi. Shunday qilib, kelasi yil biz odatdagidek qishlashimiz mumkin», — deya va’da berdi Shaxin.
Uning ta’kidlashicha, hatto real sharoitda BioNTech va Pfizer tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning samaradorligi 90 foiz emas, balki atigi 50 foiz bo‘lsa ham, bu COVID-19 tarqalishining keskin pasayishini ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi.
Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, vaksina natijasida yuzaga kelgan immunitet qancha davom etishi haqida gapirishga hali erta. Ammo agar bir yildan keyin emlanganlarning immuniteti pasaygan bo‘lsa, qayta emlash katta qiyinchiliklarga olib kelmasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning Moderna kompaniyasi 16 noyabr kuni sinovlarning uchinchi bosqichidagi koronavirusga qarshi vaksina 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatganini e’lon qildi. Bu yangilik ortidan AQSH fond bozorida o‘sish boshlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi 94 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qildi

Rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarilishi kutilayotgan vaksinaning 80 foizdan ortig‘iga buyurtma berib bo‘ldi

Dunyoda koronavirusga qarshi o‘rnatilgan cheklovlar qachondan bekor qilinishi taxmin qilindi

Mehnat muhojirining o‘g‘li koronavirus vaksinasini topdi

Koronavirusga qarshi vaksina oktabrda bozorga chiqishi mumkin

Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshladi