Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabrda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni Tog‘li Qorabog‘dagi janglarni to‘xtatishga ko‘ndirgani, ammo Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bunga qarshi chiqqanini aytdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u 19-20 oktabr kunlari Pashinyan va Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘ masalasida bir necha marta telefon orqali muloqot qilgan.
«O‘shanda Ozarboyjon qurolli kuchlari Qorabog‘ning arzimas, janubiy qismini nazorat ostiga olgandi. Umuman olganda, men prezident Aliyevni jangovar harakatlarni qochqinlarning uylariga qaytishlari sharti bilan to‘xtatishga ko‘ndirgandim. Ammo kutilmaganda armanistonlik hamkorlarimiz bu shartni qabul qilmasliklarini bildirishdi», — dedi u.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan unga bu Armaniston va Qorabog‘ manfaatlariga nisbatan tahdid uyg‘otishini aytgan. Putin bu qanday tahdid ekanligini tushunmayotganligini qayd etdi. Uning aytishicha, o‘shanda Pashinyan Yerevan urushni davom ettirishga tayyorligini bildirgan va shu tarzda muzokaralar barbod bo‘lgan.
9 noyabrda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bayonot imzoladi. Unga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, mintaqada rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi