08:03 / 19.11.2020
3 035

Koronavirusni yuqtirgan odamlarda qancha vaqtgacha immunitet saqlanib qolishi oydinlashdi

Koronavirusni yuqtirgan odamlarda qancha vaqtgacha immunitet saqlanib qolishi oydinlashdi
Foto: «Tvcom-tv.ru»
AQSHda La-Xoyya immunologiya instituti olimlari COVID-19 bilan kasallangan odamlarda immunitet qancha vaqtgacha saqlanib qolishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari «bioRxiv» portalida chop etildi.

Institut mutaxassislari COVID-19ning yengil shakli bilan og‘rib o‘tgan 19 yoshdan 81 yoshgacha bo‘lgan 185 nafar bemorning qon namunalaridan bir necha marta tahlil olishdi. So‘ngra ular qonni immun tizimning to‘rtta tarkibiy qismiga tahlil qilishdi: antitanacha, V-hujayralar va T-hujayralarning ikki turi.

Tadqiqot natijasida immunitet olti oy va undan ortiq vaqt davomida saqlanib qolishi ma’lum bo‘ldi. Boz ustiga, olti oydan so‘ng qondagi B-hujayralar bir oydan keyingiga qaraganda faolroq bo‘ladi. T-hujayralar soni esa uch-besh oydan so‘ng kamayadi.

«Antitanacha, V-hujayralar xotirasi, CD4 + T-hujayralar va CD8 + T-hujayralar, shuningdek, SARS-CoV-2ga xotirani kompleksli tarzda o‘rganilganda, SARS-CoV-2 immun xotirasining har bir tarkibiy qismi turli genetikani namoyish qilishi aniqlandi», — deyiladi tadqiqotda.

Qayd etilishicha, B-hujayralar bir necha yillar davomida koronavirusni aniqlashga yordam beradigan immun xotirani saqlab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni yuqtirgan odamlarda qancha vaqtgacha immunitet saqlanib qolishi oydinlashdi