12:12 / 19.11.2020
2 746

NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)

NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)
Foto: NASA
NASA tadqiqotchilari Yerning koronavirus tarqalgan va hali tarqalmagan holatidagi kompyuter modelini yaratdi. Aniqlanishicha, pandemiya sabab fevraldan boshlab cheklovlar joriy etilgach, dunyoda azot dioksidining konsentratsiyasi kamaygan (qariyb 20 foizga) — u yoqilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lib, havo ifloslantiradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

«Barchamiz karantin havoning tozaligiga ta’sir ko‘rsatishini kutgan edik», — deydi Kosmik tadqiqotlar universitetidan bo‘lgan Kristof Keller. U okean va atrmosferaning kimyoviy tarkibini eng yuqori kompyuter modellaridan foydalangan holda kuzatib, iqlim o‘zgarishining turli prognozlarini yaratadigan olimlardan biri.

Biroq izolyatsiya choralari sabab aynan qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganini aniqlash muhim. Axir ikkita bir xil tajriba bo‘lmaydi: dunyodagi vaziyatni o‘zgartirishga va tadqiqot natijalariga ta’sir ko‘rsatishga qodir mavsumiylik va boshqa tabiiy jarayonlarni unutmaslik kerak.

Foto: NASA
Yuqoridagi tasvir: azot dioksidining darajasi Xitoy va Osiyoning aksar qismida Yangi yilni (Xitoy Yangi yili) nishonlash sabab asosan tushib ketadi va keyin yana qayta tiklanadi. 2020 yili koronavirus birinchi bor aniqlangan Uxanda qayta tiklanish kuzatilmadi — azot dioksidining konsentratsiyasi pastligicha qolmoqda; u 2019 yildagiga qaraganda 60 foizga kam. Shuningdek, Milanda (60 foiz) va Nyu-Yorkda (45 foiz) ham pasayish qayd etilgan.

«Ayrim joylarda azot dioksidi konsentratsiyasining pasayishi karantin e’lon qilinishidan oldin kuzatildi», — deydi Kosmik tadqiqotlar universiteti tadqiqotchisi Emma Noulend. U buni odamlar o‘zlarini himoya qilish maqsadida ko‘proq uyda o‘tirishni xohlagani bilan izohlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)