00:20 / 20.11.2020
4 204

«Qo‘y sotib oldim, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiman» – Habib Nurmagomedov

«Qo‘y sotib oldim, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiman» – Habib Nurmagomedov
Foto: AP Photo / John Locher
UFC bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Habib Nurmagomedov kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, faoliyatini tiklash maqsadi yo‘q.

«Keyingi yil o‘qishni bitiraman (Nurmagomedov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limida tahsil oladi), diplom himoya qilish, magistraturaga kirish, degandek. Xullas, o‘qishga ko‘proq e’tibor bermoqchiman. Keyingi besh yilda.

Yana qo‘ylar sotib oldim, yemlanadigan buqachalarim, sigirlarim bor. Chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiman, bu borada ham o‘sishni istayman. Jahon darajasida emas, albatta. Lekin sportda ham qachondir shunchaki shug‘ullanishni boshlaganman.

Foydam tegadigan joyda bo‘lishni xohlayman. Bu uchun albatta katta siyosatda bo‘lishim shart emas. Hozir ham katta siyosatchi bo‘lmay turib odamlarga foydam tegyapti, menga shu ham yetarli.

40 yoshgacha ham urushish mumkin, lekin bu uchun maqsad bo‘lishi kerak. Men eng cho‘qqiga chiqishni maqsad qilgandim va bunga erishdim. Ortiq u yerda musobaqalashish qiziq emas
», deb Nurmagomedovning so‘zlarini keltirmoqda TASS.

24 oktabr kuni Abu Dabida amerikalik Jastin Getjini mag‘lub etgan Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U onasining xohishiga ko‘ra ortiq urushmasligini aytdi. Dog‘istonlik jangchi UFC'da 29 marta oktagonga ko‘tarilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Faoliyatini yakunlagan Nurmagomedov o‘z faoliyatida ilk marta UFC reytingida vazn toifasidan qat’i nazar mutlaq birinchi o‘ringa ko‘tarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Qo‘y sotib oldim, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiman» – Habib Nurmagomedov