13:28 / 20.11.2020
3 098

Tog‘li Qorabog‘ kelishuvi: Ozarbayjon armiyasi Agdam tumaniga kirdi

Tog‘li Qorabog‘ kelishuvi: Ozarbayjon armiyasi Agdam tumaniga kirdi
20 noyabr kuni Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlari tomonidan uch tomonlama bayonot imzolandi. Unga ko‘ra, Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining bo‘linmalari juma kuni Tog‘li Qorabog‘ning Agdam tumaniga kirib kelishdi, deya xabar qildi respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

«Ozarbayjon, Rossiya prezidentlari va Armaniston Bosh vaziri tomonidan imzolangan uch tomonlama bayonotga ko‘ra, 20 noyabr kuni Ozarbayjon armiyasining bo‘linmalari Agdam okrugiga kirdi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 27 centyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yangidan to‘qnashuvlar boshlanib, Tog‘li Qorabog‘ning bahsli mintaqasida qizg‘in janglar bo‘lib o‘tdi.

Hududda 2014 yil yozida, 2016 yil aprelida va o‘tgan iyul oyida zo‘ravonlik avj olgan. Ozarbayjon va Armaniston harbiy holatni joriy qildilar va safarbarlik harakatlarini boshladilar. Mojaroning har ikki tomoni qurbonlar haqida xabar berishdi, ular orasida tinch aholi ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tog‘li Qorabog‘ kelishuvi: Ozarbayjon armiyasi Agdam tumaniga kirdi