Foto: REUTERS / Carlos Barria
AQSH prezidenti Donald Tramp saylovlarda mag‘lub bo‘lishiga farmatsevtika va texnologiyalar sohasidagi yirik kompaniyalar, shuningdek ommaviy axborot vositalari turtki bo‘lganini aytdi.
«Yirik farmatsevtika kompaniyalari saylov oldi kampaniyasi davomida menga qarshi millionlab dollarlik negativ reklamalarni boshladilar. Yirik farmatsevtika kompaniyalari, OAV bizga qarshi edi. Texnologik kompaniyalar bizga qarshi edi», – dedi Tramp.
Shuningdek, u yirik dori ishlab chiqaruvchisi «Pfizer» kompaniyasini amaldagi prezidentning g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirmaslik uchun Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksinaning muvaffaqiyati to‘g‘risidagi xabarlarni ataylab kechiktirganlikda aybladi.
AQSHda prezident saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari demokrat Jozef Baydenning g‘alabasini e’lon qildi. Ko‘plab dunyo rahbarlari uni allaqachon tabriklashga ulgurishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (1)
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp qasos olmoqchi

Bayden AQSHning dunyo oldidagi hurmatini qaytarishga va’da berdi

“Jo Bayden qalbaki yo‘l orqali o‘zini g‘olib deb ko‘rsatmoqda” - Tramp sudga murojaat qilishini aytdi

AQSHning yirik nashrlari Baydenning saylovdagi g‘alabasini e’lon qildi

Tramp koronavirusga qarshi AQSH vaksinasi qachon tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi

Tramp yetakchi OAVlarni “xalq dushmanlari” deb atadi