15:00 / 21.11.2020
2 595

Porsche Taycan boshqaruvni yo‘qotib, bir necha metr balandlikdan qulab tushdi (video)

Porsche Taycan boshqaruvni yo‘qotib, bir necha metr balandlikdan qulab tushdi (video)
Kadr: Twitter
Kuzatuv kameralari uy yaqinidagi yo‘lakka joylashmoqchi bo‘lgan Porsche Taycan’ning omadsiz urinishini tasvirga oldi. Elektrokar bir qancha vaqt harakatsiz turgan va shundan so‘ng keskin tezlashib, qora yo‘ltanlamasga urilgan va bir necha metr balandlikdan boshqa mashinaning ustiga tushgan. Taxminlarga ko‘ra, haydovchi tepkilarni adashtirib yuborgan, deb yozadi Motor.

Videodan ko‘rish mumkinki, uchala mashinaga ham shikast yetgan: uy yonida turgan mashinani Taycan chap yon tomonidan borib urgan. Zarba kuchidan bir necha tonna keladigan qora yo‘lanlamas qariyb 90 darajaga burilgan. Elektrokar esa tezligini pasaytirmasdan pastga tomon harakatlanib, beton to‘siqdan oshib o‘tgan: u kichik tirajli ko‘k avtomobilning tom qismiga qulagan va uni bir necha metr uzoqlikka surib yuborgan.

Porsche Taycan dunyo bo‘ylab bir necha versiyada sotuvga chiqariladi: 530 ot kuchiga ega 4S, Turbo (680 ot kuchi) va Turbo S (761 ot kuchi). Bundan tashqari, Xitoyda elektrokarning boshlang‘ich versiyasi ham taqdim etilgan bo‘lib, unga 408 ot kuchiga ega elektromotor o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Porsche Taycan boshqaruvni yo‘qotib, bir necha metr balandlikdan qulab tushdi (video)