09:00 / 22.11.2020
2 093

Xitoy rahbari xalqaro «salomatlik kodlari» tizimini yaratish taklifi bilan chiqdi

Xitoy rahbari xalqaro «salomatlik kodlari» tizimini yaratish taklifi bilan chiqdi
Foto: iStock
XXR raisi Si Szinpin G20 virtual sammitida qilgan chiqishida «salomatlik kodlari» xalqaro tizimini joriy etishni taklif qildi.
«Sinxua» agentligining qayd etishicha, gap «koronavirusga olingan testlar natijalariga asoslangan xalqaro tan olinadigan QR-kod ko‘rinishidagi markirovkalash» to‘g‘risida bormoqda.

Si Szinpin ushbu mexanizmga nafaqat G20 qatnashchilari, balki boshqa ko‘plab mamlakatlar qo‘shilishiga umid bildirdi.

Xitoyda 2020 yil bahoridan beri «salomatlik kodlari» tizimi amal qilmoqda. Mamlakatdagi har bir fuqaroga koronavirusga topshirgan testi natijasi, og‘ir epidemiologik holat mavjud hududda bo‘lishi, koronavirusga chalinganlar bilan muloqoti va boshqa ma’lumotlar hisobga olingan holda «qizil», «sariq» yoki «yashil» QR-kod beriladi. Ko‘plab joylarga borish uchun QR-kod «yashil» bo‘lishi lozim.

Bunday kodlar tizimi dastlab ayrim hududlarda kiritilgandi, may oyidan esa butun Xitoy bo‘ylab joriy etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy rahbari xalqaro «salomatlik kodlari» tizimini yaratish taklifi bilan chiqdi