12:43 / 23.11.2020
2 742

Ilon Mask birinchi kolonistlar Marsda qanday yashashini so‘zlab berdi

Ilon Mask birinchi kolonistlar Marsda qanday yashashini so‘zlab berdi
Foto: Pinterest
SpaceX va Tesla kompaniyalarining rahbari Ilon Mask Marsda tashkil qilinadigan shahar aholisi avval shisha gumbazlar ostida yashashi, keyinchalik sayyora Yerdagi kabi hayotni qo‘llab-quvvatlash uchun terraformaga aylanishini aytdi. Bu haqda Inverse’ga tayanib, «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Marsni o‘zgartirish jarayoni «uzoq vaqt davom etadi va bizning hayotimiz davomida sezilarli natijalarni bermaydi». Birinchi koloniya esa yaqin kelajakda paydo bo‘lishi mumkin.

«Hatto dahshatli hodisa yuz bersa va insoniyat yo‘q bo‘lib ketsa ham, hech bo‘lmaganda kelajakdagi kosmik sivilizatsiya, bizning xarobalarimizni kashf etgan holda odamlar shu yergacha yetib kelgani haqida taassurotga ega bo‘ladi», – deydi Mask.

Tadbirkorning o‘zi agar texnologik taraqqiyot tezlashtirilmasa, albatta, Marsni mustamlaka qilish boshlanishini ko‘rolmasligini aytdi.
Shunga qaramay, SpaceX Oy va Mars yuzasiga qo‘nish va 150 tonnagacha yuk yoki 100 yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega bo‘lgan keyingi avlod kosmik kemalarini iloji boricha tezroq uchirish uchun astoydil harakat qilmoqda.

Ma’lumki, Marsni mustamlaka qilish rejasining bir qismi Starlink global sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini ishga tushirish bo‘lib, u raketalar qurilishini moliyalashtirishda kompaniyaga yordam berishi kerak bo‘ladi.

Oldinroq amerikalik ishbilarmon, SpaceX rahbari Ilon Mask Marsda o‘zini o‘zi ta’minlaydigan va Yerdan mustaqil shahar yaratish rejalarini oshkor qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask birinchi kolonistlar Marsda qanday yashashini so‘zlab berdi