22:22 / 23.11.2020
3 061

Katta tezlikda daraxtga urilgan Tesla’ning batareyasi sochilib ketdi (foto)

Katta tezlikda daraxtga urilgan Tesla’ning batareyasi sochilib ketdi (foto)
Foto: Corvallis Police Department
AQSHning Korvallis shahrida Tesla Model 3 haydovchisi katta tezlikda daraxtga urilib, elektromobil va unga o‘rnatilgan batareya butunlay sochilib ketdi, deb xabar beradi Motor.

Korvallis shahrida istiqomat qiluvchi Dilan Milota o‘zining Tesla Model 3 elektromobilida avariga uchrab, daraxtda urilishidan oldin soatiga 160 kilometr tezlida harakatlangan. Tezlik yuqoriligi sabab daraxt ham sedanni to‘xtata olmagan — shundan so‘ng u yana bir daraxtni borib urgan, beton to‘siqni ko‘chirib yuborgan, transformator butkasiga shikast yetkazgan va bir necha marotaba ag‘darilib to‘xtagan. Korvallis politsiya departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi to‘qnashuvdan Tesla’ning to‘liq to‘xtashiga qadar u 100 metrga yaqin masofani bosib o‘tgan.

Foto: Corvallis Police Department
«Hodisa joyidagi avtomobilning sochilib yotganiga qarab, uning haydovchisi nafaqat tirik qolgani, balki politsiya kelguniga qadar qochib ketganiga ishonish qiyin», — deyiladi xabarda. Ofitserlar Milotani avariya joyidan uch daha narida qo‘lga olgan. Ta’kidlanishicha, unga jiddiy jarohat yetmagan, faqat ayrim joylari ko‘kargan. Dilan politsiya uchastkasiga olib borilgan, aniqlanishicha, u kuchli giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan.

Foto: Corvallis Police Department

Foto: Corvallis Police Department

Foto: Corvallis Police Department
Milotaga nisbatan qator qonunbuzilishlarini sodir etganligi uchun ayblov e’lon qilingan va sud uni qamoq jazosiga mahkum etishi mumkin. Eng katta muammoni Tesla’ning akkumulator batareyalari keltirib chiqargan — uning bir necha yuz elemetlari sochilib ketgan, hatto yaqin atrofdagi uylarning oynalarini ham sindirib yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Katta tezlikda daraxtga urilgan Tesla’ning batareyasi sochilib ketdi (foto)