09:30 / 25.11.2020
3 200

Rossiyalik shifokor koronavirusning eng vahimali simptomini aytdi

Rossiyalik shifokor koronavirusning eng vahimali simptomini aytdi
Foto: «Moskva» AA
«Rospotrebnadzor» markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik va tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya nafas qisishini koronavirusning eng vahimali alomati deb aytdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «RBK» xabar berdi.

«Eng vahimali alomat — bu respirator simptomlar fonida nafas qisilishi paydo bo‘lishi», — degan Pshenichnaya. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar nafas olish qiyinlashsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Shifokorning ta’kidlashicha, respirator simptomlar va hid bilishning yo‘qolishi ko‘p hollarda koronavirusga chalinish alomati bo‘lishi mumkin, lekin boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin.

Noyabr oyi boshida virusolog Anatoliy Alshteyn koronavirusning 5 ta asosiy simptomlarini ma’lum qilgandi, bular isitma, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, hid va ta’m bilishni yo‘qotishdir. Agar ushbu belgilar kuzatilmasa, «oyoq barmoqlari rangining o‘zgarishiga e’tibor bermasa ham bo‘ladi», deb aytgandi.

Keyinchalik «Rospotrebnadzor» Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya institutida quloq bitishi COVID-19 belgilaridan biri bo‘lishi mumkinligi bildirilgan. Biroq bunday alomat O‘RVIda ham uchrashi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik shifokor koronavirusning eng vahimali simptomini aytdi