10:35 / 25.11.2020
2 205

Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi 95 foizdan oshgani ma’lum qilindi

Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi 95 foizdan oshgani ma’lum qilindi
Foto: «Komsomolskaya Pravda»
Koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqaruvchilari uning samaradorligi dastlabki emlashdan 42 kun o‘tib 95 foizdan oshganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Qayd etilishicha, vaksina ikkinchi oraliq klinik tekshiruvi natijalarini tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelingan. Birinchi oraliq tahlil natijalari vaksina 92 foiz samaradorligini ko‘rsatgan.

«Sinov davomida mutaxassislar tomonidan avvalgidek kutilmagan salbiy ta’sir aniqlanmadi. Ishtirokchilarning ahvolini kuzatish ishlari davom etmoqda», — deyiladi ishlab chiqaruvchilar saytida.

«Sputnik V»ning bir dozasi (emlash ikki dozali) narxi «tashqi bozorlar uchun» 10 dollardan kamroq bo‘ladi.
O‘zbekistonda ham «Sputnik V» vaksinasi sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq AQSHning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19‘ga qarshi vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi 95 foizdan oshgani ma’lum qilindi