15:30 / 25.11.2020
2 503

«Amerika sehrli diyor»: yangi prezidentdan nimalarni kutish mumkin?

«Amerika sehrli diyor»: yangi prezidentdan nimalarni kutish mumkin?
Foto: «Fox47news.com»
AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan demokratlar nomzodi Bayden seshanba kuni Tramp ma’muriyati uning o‘tish guruhi bilan aloqa qilishni boshlaganini «NBC's Nightly News»ga ma’lum qilgan.

Tramp poygada yutqazganini tan olishdan bosh tortdi va uning yuridik jamoasi saylovlarni bekor qilish uchun shov-shuvli qonuniy kurashni davom ettirmoqda — bu strategiya shu hafta shtatlar saylov natijalarini tasdiqlay boshlagandan keyin o‘z ta’sirini yo‘qotib bormoqda.

Intervyuda Baydenning aytishicha, u ish boshlagan dastlabki 100 kun davomida Kongress orqali immigratsiya islohotini va Amerikaning pandemiyadan xalos bo‘lishini xohlaydi.

«AQSH Senatiga Amerikada 11 milliondan ziyod hujjatsiz odamga fuqarolikni taqdim etuvchi immigratsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etaman. Atrof-muhit ifloslanishiga va sog‘lig‘imiz yomonlashishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan ba’zi bir zararli ko‘rsatmalarni bekor qilishga harakat qilaman», — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Amerika sehrli diyor»: yangi prezidentdan nimalarni kutish mumkin?