Foto: Oq uy
AQSH prezidenti Donald Tramp Shukronalik kuni arafasida an’anaviy ravishda bir juft kurkani afv etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Marosim Pushti bog‘da bo‘lib o‘tgan. Unda prezidentning rafiqasi va farzandlari ishtirok etgan. 2020 yilda qo‘yib yuborilgan parrandalarning laqabi — Corn va Cob («Bodroq» va «So‘ta»).
«Yopiq ovoz berish jarayoni natijasiga ko‘ra amerikaliklar og‘irligi 19 kilogramm keladigan ayovalik ‘Bodroq’ni yil laureati sifatida tanladi», — deyiladi xabarda.
Amerika prezidentiga Shukronalik kunida kurkani olib kelish an’anasi 1940 yillarda boshlangan. O‘shanda Kurkalar milliy federatsiyasi asoschisi Charlz Uompler mamlakatning 33-prezidenti Garri Trumenga parranda sovg‘a qilgan. Biroq ularni afv etish odati 1989 yilda, katta Jorj Bush hayvonlarni himoya qiluvchi faollar talabini inobatga olgan holda birinchi bor rasman qushni afv etganidan so‘ng boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda AQSH prezidenti Bred va Batter (ingliz tilida «non» va «saryog‘») nomlari berilgan ikki kurkani qo‘yib yuborgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSH va Xitoy savdo kelishuviga oid yangi bitimni imzoladi

Donald Tramp o‘zining «Uyda yolg‘iz-2» filmidagi ishtirokiga izoh berdi

Tramp Zelenskiyni Vashingtonga taklif qildi

Tramp o‘z tug‘ilgan kunida ishlamaslikka qaror qildi

Tramp Oq uyda iftorlik marosimi tashkil etmoqda

Donald Tramp Eron prezidentiga «ehtiyot bo‘lish»ni maslahat berdi