Foto: «REUTERS / Pfizer»
Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi ekspertlari koronavirusga qarshi «Moderna» va «Pfizer» vaksinalarining nojo‘ya ta’sirlarini aniqlashdi, deb yozadi «Newsweek».
Mutaxassislar ikkala preparat ham yoqimsiz, lekin bezarar nojo‘ya ta’sirlarga ega ekanligini ta’kidlab, aholini bunga tayyor turishga chaqirishgan.
«Moderna» vaksinasining sinovida ishtirok etganlar yagona nojo‘ya ta’sir sifatida ukol qilingan joydagi og‘riqni aytishgan. Bunday nojo‘ya ta’sirdan birinchi doza yuborilgandan so‘ng 2,7% bemorlar shikoyat qilishgan. Preparatning ikkinchi dozasidan so‘ng bemorlarning 9,7%ida charchoq, 8,9%ida mushak og‘rig‘i, 5,2%ida bo‘g‘im og‘rig‘i paydo bo‘lgan. Yana 4,5% ishtirokchilar bosh og‘rig‘idan arz qilgan bo‘lsa, 4,1%ida ukol qilingan joyda og‘riq kelib chiqqan.
Bemorlardan biri, 43 yoshli Lyuk Xatchinson emlangandan so‘ng «chidab bo‘lmas» isitma haqida ma’lum qilgandi, lekin u 12 soatdan so‘ng o‘tib ketgan.
«Pfizer» vaksinasi ikkinchi doza yuborilgandan so‘ng sinov ishtirokchilarining taxminan 4%ida bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lgan. Boshqa shikoyatlar aniqlanmagan.
Avvalroq AQSHda «Pfizer» vaksinasi sinovida ishtirok etgan kishi preparatning ikkinchi dozasi yuborilgandan so‘ng isitma, lohaslik va umumiy quvvatsizlik haqida ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, u noxushliklar bir necha soatdan so‘ng o‘tib ketganini ta’kidlagan.
Koronavirus pandemiyasi qariyb butun Yer yuzini qamrab oldi. Taxminan 60 million kishi kasallikka chalinib, ulardan 1,4 million nafari vafot etdi. Kovid holati eng ko‘p AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi