23:38 / 29.11.2020
6 649

Turkiyada ayanchli holat kuzatilmoqda

Turkiyada ayanchli holat kuzatilmoqda
Foto: «Dailysabah.com»
Turkiyada koronavirusdan vafot etganlar soni bir kecha-kunduzda 185 kishini tashkil etdi. Bu pandemiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 29 281 ta kasallanish holati qayd etildi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bundan avvalgi eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi kuni kecha kuzatilgandi — o‘shanda 182 bemor hayotdan ko‘z yumdi.

«Bugun 29 281 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, jami kasallanganlar soni — 607 628. 185 bemor olamdan o‘tdi, jami vafot etganlar soni — 13 558. 5011 nafar bemorning ahvoli og‘ir», — deyiladi Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja koronavirus pandemiyasi Turkiyaning bir qancha hududlarida, jumladan, Istanbulda uchinchi cho‘qqisiga yetganini ma’lum qilgandi.

Oxirgi haftalar davomida mamlakatda bir kecha-kunduzda koronavirusga chalinganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada ayanchli holat kuzatilmoqda