14:30 / 30.11.2020
3 227

BAAda birvarakayiga 4 ta osmono‘par bino portlatish yo‘li bilan buzildi (video)

BAAda birvarakayiga 4 ta osmono‘par bino portlatish yo‘li bilan buzildi (video)
BAA poytaxti Abu-Dabida hududni rivojlantirish loyihasi davomida birvarakayiga 4 ta osmono‘par bino portlatildi.
Khaleej Times mahalliy nashrining xabar berishicha, Meena Plaza Tower majmuasiga kiruvchi 4 ta bino portlatish yo‘li bilan buzilgan. Binolarning umumiy balandligi 144 qavatni tashkil qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu portlatish dunyodagi eng xavfsiz nazorat qilinuvchi portlatish sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ta’kidlashicha, portlatish eng yuqori xalqaro xavfsizlik standartlariga amal qilgan holda amalga oshirilgan.

Binolarni “yer bilan bitta qilish” uchun 10 soniya kifoya qilgan. Ma’lum qilinishicha, binolardan anchadan beri foydalanilmagan. Endilikda ular o‘rnida portga yo‘l o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda birvarakayiga 4 ta osmono‘par bino portlatish yo‘li bilan buzildi (video)