21:05 / 30.11.2020
3 311

Qirg‘izistonda Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi

Qirg‘izistonda Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi
Qirg‘iziston Oliy sudi jinoyatchi Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Joriy yil iyun oyida Bishkek Birinchi may tuman sudi Atambayevni mazkur ish yuzasidan 11 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etgan edi.
Manba xabariga ko‘ra, jinoiy ish Birinchi may tuman sudida boshqa tarkibda yangidan ko‘rib chiqilishi yuborilgan.

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning mol-mulki musodara qilingandi. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda «og‘ir kasallik» tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)