10:13 / 01.12.2020
3 099

Afrikaga COVID-19dan dahshatliroq kasallik xavf solmoqda

Afrikaga COVID-19dan dahshatliroq kasallik xavf solmoqda
Foto: «AP Photo / LM Otero»
Afrikada koronavirus infeksiyasiga qaraganda bezgak kasalligidan ko‘proq odamlar vafot etishadi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Afrika bo‘yicha hududiy direktori Matshidiso Moeti.

«Telegraph» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili butun dunyo bo‘yicha taxminan 400 ming kishi bezgak tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Ulardan 90%dan ko‘pini Afrika aholisi tashkil etadi.

Taqqoslash uchun: koronavirus infeksiyasidan yil boshidan beri Afrikada qariyb 50 ming kishi olamdan o‘tdi.

Bezgak haqida yangi ma’ruzasini taqdim etar ekan Moeti pandemiya bunga qo‘shimcha ravishda yana 20-100 ming kishining bezgakdan o‘lishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Ushbu mintaqada bezgakka qaraganda COVID-19dan ancha kam odam vafot etdi. Xo‘sh, unda nega koronavirus va Ebola katta tashvish tug‘diradi-yu, har yili yuz minglab bolalarning yostig‘ini quritayotgan bezgak esa yo‘q?» — dedi Moeti.

Ma’ruzaga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida bezgakka qarshi kurash borasida yutuqlarga erishilgan: 1,5 milliard yuqtirish va 7,6 million o‘lim holati bartaraf etildi. Biroq ekspertlar koronavirus pandemiyasi Afrikada bezgakka qarshi kurashda erishilgan barcha yutuqlarni orqaga qaytarishi mumkinligidan xavotirda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikaga COVID-19dan dahshatliroq kasallik xavf solmoqda