11:06 / 02.12.2020
3 078

Shvetsiyada 41 yoshli o‘g‘lini 28 yil uy qamog‘ida saqlagan ayol qo‘lga olindi

Shvetsiyada 41 yoshli o‘g‘lini 28 yil uy qamog‘ida saqlagan ayol qo‘lga olindi
Foto: Expressen
Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 70 yoshli ayol 41 yoshli o‘g‘lini noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilganlikda va sog‘lig‘iga zarar yetkazganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Qo‘rqqan va og‘ir ahvoldagi erkakni uning qarindoshi tasodifan uyida ko‘rib qolgan. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Mazkur qarindoshning aytishicha, uy egasi bo‘lgan ayol o‘g‘lini 12 yoshidan buyon uyga qamab kelgan. Ayol bolani maktabdan chiqarib olgan va boshqa odamlar bilan muloqotdan mahrum qilgan. Qarindoshning fikricha, bolaning onasi o‘zini uni himoya qila oladigan va unga yordam bera oladigan yagona odam sifatida ko‘rsatgan va atrofdagi olam uning uchun xavfli ekanligini aytgan.

70 yoshli ayol kasalxonaga tushgan. Qarindoshi uning uyida nima bo‘layotganini ko‘rish uchun u yerga kirgan. Uning aytishicha, uyning hamma joyini chiqindi bosib ketgandi. Uyning qorong‘i burchagida esa yorug‘likdan ham, begonalardan ham qo‘rqqan keksa ayolning 41 yoshli o‘g‘li bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkakning tishlari bo‘lmagan, oyoqlari yara bilan qoplangan. U o‘rnidan arang turadi va gapni qiyinchilik bilan tushunadi. Erkak kasalxonaga yotqizilgan va ertasi kuni operatsiya qilingan. Politsiya mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada 41 yoshli o‘g‘lini 28 yil uy qamog‘ida saqlagan ayol qo‘lga olindi