08:08 / 04.12.2020
3 465

JARda maymun leopard bolasini o‘g‘irlab ketdi (video)

JARda maymun leopard bolasini o‘g‘irlab ketdi (video)
Kadr: YouTube
Pileysnberg milliy bog‘ida (JAR) pavian leopard bolasini o‘g‘irlab ketdi. Guvohlar tomonidan olingan video YouTube’dagi Kruger Sightings kanaliga joylashtirilgan.

Video muallifi – 44 yoshli Pol Vudning ta’kidlashicha, bog‘ga tashrifi davomida u pavianlar (ittumshuq maymunlar) to‘dasiga duch kelgan. U leopardning mitti bolasini quchoqlab olgan yosh maymunga e’tibor qaratgan. Avvaliga Vud leopardni o‘lik deb o‘ylagan, biroq yaxshilab kuzatganidan so‘ng bunday emasligini tushunib yetgan.

«Pavian leopard bolasiga juda qiziqib qolgani va uni o‘zi bilan olib ketish niyatida ekanligi ko‘rinib turardi. U yirtqichni qo‘liga olib, yunglarini taray boshladi. Maymun u bilan ehtiyotkorona muomala qilar va unga hech qanday zarar yetkazmaslikni xohlar edi go‘yo», — deydi erkak.

Pavianlar — Afrikada keng tarqalgan primatlar turi hisoblanadi. Ushbu hayvonlarning uzunligi 40 dan 110 santimetrgacha yetadi. Ular o‘nlab ovozli signallar yordamida o‘z to‘dalarini yirtqichlar hujumidan himoya qila oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning avgust oyida internetda Hindistonning Kendujhar shahrida maymun halok bo‘lgan bolasini bag‘riga bosganicha bir necha kundan buyon tentirab yurgani tasvirlangan video tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JARda maymun leopard bolasini o‘g‘irlab ketdi (video)