11:40 / 04.12.2020
2 661

«Sputnik V» vaksinasining namunalari O‘zbekistonga olib kelindi

«Sputnik V» vaksinasining namunalari O‘zbekistonga olib kelindi
Foto: Rossiya sanoat va savdo vazirligi
Rossiya tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonga yetkazildi. Uning namunalarini Toshkentga Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov olib kelgan, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

«O‘zbekiston tomoniga ro‘yxatdan o‘tkazish va mamlakat hududida vaksinalar ishlab chiqarish sanoatini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan sinovlarni o‘tkazish maqsadida namunalar topshirildi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi sentyabr oyida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) O‘zbekistonning LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi bilan mamlakatga 35 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgandi. Keyinroq LAXISAM yetkazib berish bo‘yicha respublikaning nazorat qiluvchi organlari bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilayotganini bildirgan.

Noyabr oxirida esa sog‘liqni saqlash vaziri 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshlarida O‘zbekiston «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlariga kirishishni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Sputnik V» vaksinasining namunalari O‘zbekistonga olib kelindi