16:30 / 04.12.2020
3 190

COVID-19ni yo‘q qiladigan super qog‘oz kashf etildi

COVID-19ni yo‘q qiladigan super qog‘oz kashf etildi
Foto: «Radiosputnik.ria.ru»
Chexiyalik olimlar bir soat ichida COVID-19ni halok qiladigan maxsus qog‘ozni kashf etishdi, deb yozadi «Gazeta.ru».
Chexiya fanlar akademisi vakili Irji Sobekning so‘zlariga ko‘ra, qog‘ozga kimyoviy moddalar shimdirilgan bo‘lib, ularning sharofati bilan qog‘oz yuzasidagi 99% mikrob bir daqiqada yo‘qoladi, koronavirus esa qirq daqiqada to‘liq halok bo‘ladi.

«O‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, 10 daqiqadan so‘ng qog‘oz yuzasidagi COVID-19 virusi 70%ga, yarim soatdan keyin esa butunlay yo‘q bo‘ladi», — deydi Sobek.

Yangi turdagi qog‘oz pul va hujjatlar ishlab chiqarishda keng qo‘llanilishi aytilmoqda. Yaqin kelajakda Chexiya ana shunday qog‘ozdan 10 tonna ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19ni yo‘q qiladigan super qog‘oz kashf etildi