Foto: Twitter / @_marogvi
Farer orollarida arxipelagning ikkita yirik orolini bog‘lovchi Estroyartunnlinn tunneli qurilishining asosiy bosqichi yakunlandi. Mazkur tunnelning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘z ichiga Atlantika okeani tubida qurilgan dunyodagi birinchi aylanma yo‘l shaklidagi bog‘lanmani olgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Farer orollari — 18 ta oroldan tashkil topgan arxipelag. Bitta oroldan tashqari barchasida odam yashaydi, shu sababli ular orasidagi transport qatnovi mintaqa uchun juda muhim hisoblanadi. 2002 yilda Farer orollarida uzunligi 4,9 kilometr bo‘lgan birinchi suvosti tunneli ishga tushirilgan, u arxipelagning asosiy oroli Streymoyni Vagar oroli bilan bog‘lagan. To‘rt yildan keyin Esturoy va Bordoy orollarini o‘rtasida uzunligi 6,2 kilometr bo‘lgan ikkinchi suvosti tunneli ochilgan.
Esturoyartunnlinnning qurilishi 2017 yilda boshlangan. U Streymoy orolini Esturoy orolining ikkita qismi bilan bog‘laydi. Shu tariqa, tunnel birdaniga uchta alohida yo‘ldan tashkil topgan. Ular Atlantika okeani sathidan 180 metr chuqurlikda joylashgan aylanma yo‘l shaklidagi bog‘lanma yordamida birlashadi.
Foto: Twitter / @_marogvi
2020 yilning noyabr oyi oxirida tunnelning ichki ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Haykallar va moviy rangdagi maxsus yoritish tizimidan iborat badiiy bezash ishlari farerlik rassom Trondur Patursson tomonidan amalga oshirilgan.
Esturiyartunnlinnning umumiy uzunligi 11,2 kilometrni tashkil qiladi. Ishga tushirilganidan keyin mazkur ob’ekt uzunligi bo‘yicha Norvegiyadagi Rifast tunnelidan keyin suv ostida qurilgan dunyodagi ikkinchi tunnel bo‘ladi.
Dastlab tunnelning ishga tushishi 2021 yilning birinchi oylariga mo‘ljallangandi. Biroq rasmiylar tunnelni muddatidan oldin — 19 dekabrda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Tunnel tufayli Esturoydagi qishloqlar aholisining Farer orollarining asosiy shahri Torsxavnagacha bo‘lgan yo‘li 55 kilometrdan 17 kilometrga qisqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?