10:10 / 05.12.2020
2 807

Xotini bilan janjallashgan er tinchlanish uchun 450 kilometr piyoda yurdi

Xotini bilan janjallashgan er tinchlanish uchun 450 kilometr piyoda yurdi
Italiyaning Komo shahrida yashovchi erkak xotini bilan janjaldan so‘ng tinchlanish uchun 450 kilometr piyoda yurdi. Bu haqda Wanted in Milan portali xabar bermoqda.

48 yoshli erkak rafiqasi bilan janjallashib, sayrga chiqqan. U Bolonya shahri tomon yo‘l olgan va bir hafta o‘tgach, dengiz bo‘yidagi Fano shahrida topiladi. Uni mahalliy politsiya so‘roq uchun olib ketgan.

Politsiya xabariga ko‘ra, italiyalik erkak tungi soat ikkilarda ko‘chada bemaqsad yurib, shaharning komendantlik soati tartibini buzgan. U 400 yevro miqdorida jarimaga tortildi, deb yozadi mahalliy gazeta.

So‘roq paytida italiyalik qanday qilib uyidan buncha uzoqlashib ketganini sezmaganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xotini bilan janjallashgan er tinchlanish uchun 450 kilometr piyoda yurdi