Foto: WKYS Channel 3
Minnesota shtatida yo‘ltanlamas va samolyot ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dvigateli ishlamay qolgan samolyotning 52 yoshli uchuvchisi Kreyg Gifford uchish qurilmasini avtomobil trassasiga qo‘ndirishga qaror qilgan. Biroq barchasi oson kechmagan: bir motorli yengil Bellanca Viking samolyoti Ford Explorer’ga borib urilgan, deb xabar beradi Motor.
Yo‘ltanlamas orqasiga samolyot kelib urilgan vaqtda o‘z yo‘nalishi bo‘ylab shoshmasdan harakatlanayotgan bo‘lgan: Explorer qanot zarbasining kuchidan 180 darajaga burilib ketgan. Mahalliy OAVning yozishicha, Bellanca Viking’ni aviafristayl bo‘yicha bellashuvlarda ko‘p marotaga ishtirok etgan tajribali uchuvchi boshqargan. Biroq avariyadan qochishning imkoni bo‘lmagan — samolyotning qanotlari bilan uzunligi 10,4 metrga yetadi, shu sababli u shossening uchala bo‘lagini ham to‘sib qo‘ygan.
Baxtli tasodif tufayli to‘qnashuv u qadar katta tezlikda sodir bo‘lmagan va hech kimga jarohat yetmagan.
Samolyot ichida Gifforddan tashqari bir ayol ham bo‘lgani aytilmoqda. Avariyaga uchragan Bellanca Viking va shikast yetgan Ford Explorer trassani yopib qo‘ygani sabab politsiya avariya oqibatlari bartaraf etilgunga qadar harakatni vaqtincha yopib qo‘ygan. Hodisa joyiga evakuator yetib kelib, samolyotni tortib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, qurbonlar soni 20 nafarga yetdi

Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq ... (video)

Serbiyada harbiy samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Buyuk Britaniya IShIDga zarba berish uchun 138 ta ko‘rinmas qiruvchi samolyotni xarid qiladi

Taybeyda qulagan samolyot uchuvchisining so‘nggi so‘zlari e’lon qilindi

Quyosh batareyalarida ishlovchi samolyot dunyo bo‘ylab ilk sayohatini boshladi