08:01 / 06.12.2020
3 157

Xitoylik ayol sobiq sevgilisining to‘yini buzishga urindi

Xitoylik ayol sobiq sevgilisining to‘yini buzishga urindi
Foto: Daily Mail
Xitoyning Yuylin shahrida yashovchi ayol, sobiq sevgilisining gul va tasmalar bilan bezatilgan mashinasini to‘sib, uning to‘yini buzishga urindi. Bu haqda Search News xabar berdi.

2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum bo‘lgan ayolning yo‘l o‘rtasiga chiqib to‘y mashinasini to‘xtatishga urinishi aks etgan video tarqalgan.

Taxmin qilinishicha, bu xatti-harakati orqali u sobiq sevgilisining to‘yini to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Yozib olingan videoda ayolning yurib kelib mashina ro‘parasida to‘xtagani va qo‘llarini ko‘tarib avtomobilning yo‘lda davom etishiga yo‘l bermaganini ko‘rish mumkin.

Shunga qaramay ayol erkakni fikridan qaytara olmay ortga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Boshqa guvohlar tomonidan muhrlangan videolarda u qo‘lida telefonini ushlab olib: «Men seni hech qachon tinch qo‘ymayman» , — deb baqirganini ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.

Ushbu videoni tomosha qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayolga rahmi kelgan va unga o‘tmishni unutib, yashashda davom etishini maslahat bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ayol sobiq sevgilisining to‘yini buzishga urindi