15:30 / 08.12.2020
3 467

Hubble teleskopi noyob galaktikani suratga olishga muvaffaq bo‘ldi

Hubble teleskopi noyob galaktikani suratga olishga muvaffaq bo‘ldi
Foto: Spacetelescope
Olimlar Hubble teleskopi yordamida ko‘plab yangi yulduzlar paydo bo‘layotgan galaktikani suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Surat teleskop ishiga bag‘ishlangan rasmiy saytga joylashtirilgan. Ta’kidlanishicha, NGC 1792 «Kabutar» yulduzlar turkumida joylashgan.

Galaktika markazidagi to‘q sariq yog‘dular unda so‘nib borayotgan eski yulduzlar joylashganidan dalolat beradi. Atrofidagi ko‘k rangli chiziqlar esa porlayotgan yosh yulduzlarga to‘la ekanligini bildiradi.

Astronomlarning qayd etishicha, ushbu galaktikada yulduzlarning paydo bo‘lish tezligi «Somon yo‘li»dagi shu kabi jarayondan o‘n barobar tezroq bo‘lishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hubble teleskopi noyob galaktikani suratga olishga muvaffaq bo‘ldi