20:07 / 08.12.2020
3 202

Sud AQSh hukumatiga TikTok ishiga cheklov o‘rnatishni taqiqlab qo‘ydi

Sud AQSh hukumatiga TikTok ishiga cheklov o‘rnatishni taqiqlab qo‘ydi
Foto: AP Photo
AQSh hukumatiga TikTok videoservisining ishini cheklab qo‘yish bo‘yicha choralar qo‘llash taqiqlandi, deb xabar beradi Reuters. Bu kabi qaror Kolumbiya okrugi sudi tomonidan qabul qilingan. Taqiq sudda ushbu masala ko‘rib chiqilguniga qadar amalda bo‘ladi.

Avvalroq Pensilvaniya shtatining Sharqiy okrug federal sudi ham shu kabi qarorni qabul qilgandi. Shu sabab AQSh Savdo vazirligi ijtimoiy tarmoqning ishlashiga qo‘yilgan vaqtincha taqiqdan voz kechgan. Shu bilan birga, rasmiylar TikTok’ning Amerika segmentiga tegishli qismini sotish muddatini uzaytirmagan. Cheklovlar 12 noyabrda joriy etilishi kerak edi, biroq shundan buyon muddat bir necha bor surilib keldi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 7 avgust kuni «TikTok xavfiga qarshi kurash» to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Tramp administratsiyasi ushbu ilova amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Xitoyga uzatishi mumkin, degan fikrda. Servis egasi — ByteDance kompaniyasi bu ayblovlarni rad etmoqda.

Tramp AQSh fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida TikTok’ni Amerika kompaniyasiga, masalan, Microsoft’ga sotishni talab qilgan. Bunday bitim 15 sentyabrga qadar amalga oshmasa, TikTok «biznesdan chiqishi» bilan qo‘rqitgan. Keyinchalik AQSh Savdo vazirligi TikTok va WeChat xizmatlarini Amerika marketpleylistlari orqali sotish va qo‘llab-quvvatlash taqiqlanganini e’lon qilgan. Keyinroq Vashington okrug sudi prezident Donald Trampning mamlakatda TikTok ilovasini yuklab olishni taqiqlovchi farmoniga vaqtincha to‘siq qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sud AQSh hukumatiga TikTok ishiga cheklov o‘rnatishni taqiqlab qo‘ydi