07:27 / 09.12.2020
3 842

Kanada har bir fuqarosi uchun to‘rt dozadan COVID-vaksina sotib oldi

Kanada har bir fuqarosi uchun to‘rt dozadan COVID-vaksina sotib oldi
Kanada 154 mln nafar kishiga yetadigan hajmda COVID-19 vaksinasi sotib oldi. Mamlakat aholisi soni esa 40 million nafardan ozroqni tashkil etadi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Qayd etilishicha, 7 dekabr kuni Kanada hukumati Moderna kompaniyasi vaksinasiga berilgan buyurtmani 40 mln dozagacha oshirgan. Pfizer kompaniyasining dastlabki 249 ming doza vaksinasi mamlakatga kelgusi haftada keltiriladi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ma’lum qilishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsat bersa, kelgusi haftadan aholini emlash boshlanadi.

Hozirda Kanada aholini vaksina bilan ta’minlash bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bloomberg agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Kanadada 400 foiz aholi uchun vaksina mavjud, Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich 295, Avstraliyada 269 foizni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Kanada koronavirusga qarshi vaksinaning bir qismini qashshoq mamlakatlarga taqdim etishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada har bir fuqarosi uchun to‘rt dozadan COVID-vaksina sotib oldi