10:39 / 09.12.2020
3 289

Chexiya sobiq prezidenti niqobni noto‘g‘ri taqqani uchun jarimaga tortildi

Chexiya sobiq prezidenti niqobni noto‘g‘ri taqqani uchun jarimaga tortildi
Vatslav Klaus
Foto: Getty Images

Chexiya sobiq prezidenti Vatslav Klaus niqobi og‘zi va burnini yopmay turgani uchun 3 ming krona (137 dollar) jarimaga tortildi, deb yozadi «RBK» Chexiya televideniyesiga tayanib.

Jurnalistlar ma’lum qilishicha, 17 noyabr kuni Praga markazida aksilkommunistik «baxmal inqilob» o‘tkazilgan kunni nishonlash chog‘ida Klaus niqobini iyagiga tushirib olgan. Politsiyachilar buni payqab qolgan va sobiq prezidentdan niqobni to‘g‘ri taqishni talab qilgan, ammo u bundan bosh tortgan. Shunda uni politsiya bo‘linmasiga olib ketishgan va qoidabuzarlik haqida protokol tuzishgan.

Xuddi shunday jarimalar Chexiya sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Roman Primula va ANO partiyasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Yaroslav Faltinikka nisbatan ham qo‘llanilgan edi.

Noyabrda Chexiya har 100 ming aholiga COVID-19’dan o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyo bo‘yicha yetakchi mamlakatga aylangan edi. Ammo qat’iy cheklov choralari tufayli kasallanish darajasi pasaydi. Chexiya SSV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 59 mingta faol holat qayd etilgan. Shularning 4 mingdan ziyodi kasalxonaga yotqizilgan. Butun pandemiya davrida mamlakatda kasallanganlar soni esa 546 ming nafardan oshadi, 8902 kishi vafot etgan.

3 dekabrdan mamlakat hukumati cheklovlarni yumshatdi. Hozir mamlakatda do‘konlar va restoranlar ishlamoqda, ammo mijozlar soni cheklangan. Shuningdek, komendantlik soati ham bekor qilindi va ommaviy sport tadbirlarining cheklangan sondagi ishtirokchilar bilan o‘tkazilishiga ruxsat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiya sobiq prezidenti niqobni noto‘g‘ri taqqani uchun jarimaga tortildi