13:15 / 09.12.2020
2 909

Merkel qatorasiga o‘ninchi marta yilning eng nufuzli ayoli deb topildi

Merkel qatorasiga o‘ninchi marta yilning eng nufuzli ayoli deb topildi
Forbes nashrining 2020 yilda dunyoning eng nufuzli 100 ayoli reytingida Germaniya kansleri Angela Merkel yetakchilik qilmoqda. E’tiborlisi, Merkel ushbu unvonga qatorasiga 10 yil sazovor bo‘lmoqda.

Forbes 2020 yil uchun dunyoning eng nufuzli 100 ayoli an’anaviy reytingini e’lon qildi. Joriy yilda unga 30ta davlat vakilalari, jumladan davlatlar rahbarlari, siyosiy arboblar, yirik kompaniyalar yetakchilari, qo‘shiqchilar va turli sohalarda faoliyat yurituvchi boshqa ayollar kiritilgan.

Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni qatorasiga o‘ninchi yil Angela Merkel egallamoqda. Nashr uning “po‘lat kabi mustahkam matonati” va AQSh prezidenti Donald Trampga qarshilik ko‘rsata olishini e’tirof etgan.

Reytingning yetakchi uchligiga Yevropa markaziy banki rahbari Kristin Lagard va AQShning bo‘lg‘usi vitse-prezidenti Kamala Xarris ham kiritilgan.
4-o‘rinni Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen, 5-o‘rinni milliarder Bill Geytsning rafiqasi Melinda Geyts egallagan.

Yetakchi o‘nlikka, shuningdek, General Motors bosh direktori Meri Barr, AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, ispaniyalik bankir Ana Botin, amerikalik tadbirkor ayollar Ebigeyl Jonson va Geyl Budro kiritilgan.

Joriy yilda reytingga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga katta hissa qo‘shgan ayollar ham kiritilgan. Jumladan, 32-o‘ringa Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern, 37-o‘ringa Tayvan yetakchisi Say Inven munosib topilgan.

Nashr Jasinda Ardernni Yangi Zelandiyada koronavirus epidemiyasi kuchaya boshlashi bilanoq qa’iy cheklovlar kiritilgani, Say Invenni esa Tayvanda yanvardayoq virusga chalinganlar va ular bilan aloqada bo‘lganlar ortidan kuzatuv tizimi joriy etilgani uchun e’tirof etgan.

Joriy yilda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 6 pozitsiyaga pastlab, 46-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, reytingga TikTok ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Bytedance kompaniyasi rahbari Kelli Chjan (62-o‘rin) ham kiritilgan.
Reytingga, shuningdek, mashhur insonlardan amerikalik qo‘shiqchilar Rianna (69-o‘rin), Beyonse (72-o‘rin) va aktrisa Riz Uizerspun (92-o‘rin) kiritilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Merkel qatorasiga o‘ninchi marta yilning eng nufuzli ayoli deb topildi