17:00 / 09.12.2020
7 083

Qorong‘ida g‘ayrioddiy tovushlarni eshitgan erkak holatni suratga oldi

Qorong‘ida g‘ayrioddiy tovushlarni eshitgan erkak holatni suratga oldi
Foto: Ru.Today
Reddit’da OopySpoopyMan deb atalgan sahifa egasi, qorong‘ida olgan surati bilan internet foydalanuvchilarini qo‘rqitib yubordi. Ru.Today’ning yozishicha, suratni tomosha qilganlarning ko‘pchiligi ushbu kadrda sharpa borligini ko‘rgan.

Uch nafar do‘sti bilan birga yashaydigan erkak uyda yolg‘izligida oshxonadan kelgan g‘alati tovushlarni eshitgan. Shundan keyin ovoz kelgan xonani suratga olmoqchi bo‘lgan. Yaqinlashtirib ko‘rilganda unda odam sharpasi — shaffof yuz shakli borligini ko‘rish mumkin bo‘lgan kadr internetga joylanganidan keyin bir sutka ichida 1,3 milliondan ortiq izoh yozib qoldirilgan.

Foydalanuvchilardan biri suratni ko‘rib qo‘rqib ketganidan tizzasidagi iPad’i tushib ketishiga sal qolganini yozsa, boshqa foydalanuvchi erkakka zudlik bilan boshqa uyga ko‘chib o‘tishni tavsiya qilgan.

Reddit foydalanuvchilari orasida ushbu kadrning haqiqiyligiga shubha qilgan, surat fotoshop qilingan yoki eshikda oq niqob osilib turgan, deb taxmin qilganlar ham bo‘lgan.

Ammo foto bilan bo‘lishgan erkak, ushbu holatdan keyin eski uyiga qaytmoqchi ekanligini birga yashaydigan do‘stlariga ma’lum qilgani, ular esa qo‘rqmasdan mazkur uyda yashashda davom etayotganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qorong‘ida g‘ayrioddiy tovushlarni eshitgan erkak holatni suratga oldi