09:00 / 10.12.2020
2 425

Koronavirusning mutatsiyaga uchrash moyilligi grippga qaraganda 30 marta kam ekanligi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusning mutatsiyaga uchrash moyilligi grippga qaraganda 30 marta kam ekanligi ma’lum bo‘ldi
Foto: «TASS»
Koronavirusning mutatsiyaga uchrash moyilligi gripp virusining mutatsiyaga uchrash moyilligidan 30 marta kam ekanligi aniqlandi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Sechenov nomidagi tibbiyot universiteti kafedra mudiri Vitaliy Zverev ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutatsiya koronavirusning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirmaydi. Koronavirusning o‘zgaruvchanligi qizamiqnikiga qaraganda biroz yuqori ekanigi ham ma’lum bo‘lgan.

Olimning xabar berishicha, koronavirusning aniqlangan ikkita mutatsiyasi uning tarkibidagi oqsillar tarkibining o‘zgarmasligini ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, Zverev koronavirusning boshqa bir muammosini qayd etgan — u rekombinatsiya bo‘lishga va boshqa viruslar bilan o‘zaro aloqaga kirishishga moyil.

Zverevning ishonch bildirishicha, bu infeksiyadan 2021 yilda paydo bo‘ladigan davolovchi dorilar yordamida qutulish mumkin bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning mutatsiyaga uchrash moyilligi grippga qaraganda 30 marta kam ekanligi ma’lum bo‘ldi