2 590
AQSHda prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni 17ta shtat qo‘llab-quvvatlamoqda
Foto: AP
AQSHda noyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi yuzasidan Texas shtatidan oliy sudga berilgan da’vo arizasini qo‘llab-quvvatlovchi shtatlar soni tobora ko‘paymoqda.
Ayni vaqtda ushbu da’vo arizasini respublikachilar tomonidan boshqariluvchi 17ta shtat - Missuri, Alabama, Arkanzas, Florida, Indiana, Kanzas, Luiziana, Missisipi, Montana, Nebraska, Shimoliy va Janubiy Dakota, Janubiy Karolina, Tennessi, Yuta, Oklaxoma va G‘arbiy Virginiya vakillari qo‘llab-quvvatlamoqda. Ta’kidlab o‘tish joiz, ushbu shtatlar da’vo arizasiga qo‘shilmay, faqatgina uni qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq Texas bosh prokurori Ken Pekston AQSH oliy sudiga “tebranuvchi” 4ta shtat - Jorjiya, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsinda saylovlar natijalarini haqiqiy deb tan olmaslik iltimosi bilan murojaat qilgan. Ushbu masala bo‘yicha hali qaror chiqarilmagan.
Gap shundaki, ushbu 4ta shtatda saylovlar arafasida saylov qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Pekstonning fikricha, qonunga o‘zgartirishlar noqonuniy bo‘lgan va demokrat Jo Baydenga ushbu shtatlarda ovoz berish vaqtida ustunlikka ega bo‘lishga imkon bergan.
3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarining rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi. AQSHning yirik OAVlari saylovlarda Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qilgan. Amaldagi prezident Donald Tramp raqibining g‘alabasini tan olmayapti, biroq shu bilan birga unga hokimiyatni topshirishi yuzasidan kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi