11:05 / 10.12.2020
3 875

Ilon Maskning sayyoralararo «Starship» kosmik kemasi sinov chog‘i portlab ketdi (video)

Ilon Maskning sayyoralararo «Starship» kosmik kemasi sinov chog‘i portlab ketdi (video)
Foto: «Daily Express»
«SpaceX» kompaniyasi 9 dekabr kuni fazoni zabt etish tarixidagi eng ko‘p yuk oluvchi «Starship» kosmik kemasini sinovdan o‘tkazdi.

Apparat parvozi muvaffaqiyatli boshlangan, manyovrlarni uddalay olgan. Ammo yerga qo‘nishi «o‘xshamagan»: yonilg‘i baklaridan birida bosim pastligi tufayli «Starship» yerga juda katta tezlikda kelib urilgan. Oqibatda juda katta portlash yuz bergan. «SpaceX» kemaning qulashini nafaqat qattiq, balki juda ta’sirli deb ham baholadi.

Kompaniya rahbari Ilon Mask ushbu sinov muvaffaqiyatli chiqishi uchun imkoniyatni uchdan birga teng deya baholagandi. Garchi portlab ketgan bo‘lsa-da, sayyoralararo ulkan kemaning yerdan uzilib samoga ko‘tarilishi, yonilg‘i baklarining ulanishi, apparatning aniq boshqarilishi, yerga qaytib tushishiga doir birgina sinovda to‘plangan ma’lumotlarni Mask bebaho deya ta’rifladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning sayyoralararo «Starship» kosmik kemasi sinov chog‘i portlab ketdi (video)