12:43 / 10.12.2020
3 278

Rossiyada koronavirusga qarshi kurashda chegaralarni yopish samara bermay qo‘yganligi aytildi

Rossiyada koronavirusga qarshi kurashda chegaralarni yopish samara bermay qo‘yganligi aytildi
Foto: «RIA Novosti»
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda chegaralarni yopish kabi choralar o‘z kuchini yo‘qotdi, chunki pandemiya rivojlanishida asosiy rolni odamlar atrofidagi kasallik manbalari o‘ynaydi. «RIA Novosti»ning xabar berishicha, bu haqda Rossiyaning Gamaleya nomidagi markaz rahbari Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

«Anchadan beri kasallik tarqalishida asosiy rolni infeksiyaning chetdan kirishi emas, balki atrofimizdagi infeksiya manbalari o‘ynamoqda. Shuning uchun epidemiologik jarayonni boshqarish qiyin bo‘lib ketdi va u ommaviy tus oldi», — deya tushuntirgan u.

Grinsburg koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini olgan shaxslar mintaqa va mamlakatlar bo‘ylab erkin harakatlanishi mumkinligini yoqlab chiqdi. «Ular butunlay erkin harakatlanishlari mumkin. Agar boshidanoq yuqori, yaxshi himoya titrlari bo‘lsa, u holda odam erkin harakatlana oladi va hozirgi kunda virus juda ko‘p bo‘lganligi sababli u o‘zining immunitet tizimini doimiy ravishda rag‘batlantiradi va bu titrlar uzoq hamda yuqori darajada bo‘ladi. Ular tushmaydi», — deb aytgan u.

Rossiya xorijiy mamlakatlar bilan muntazam va charter reyslarini mart oyi oxirida yopib qo‘ydi va avgust oyida qayta tiklay boshladi. Ayni paytda Turkiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Misr, BAA, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi davlatlarga aviaparvozlarga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusga qarshi kurashda chegaralarni yopish samara bermay qo‘yganligi aytildi