23:57 / 11.12.2020
3 993

Maradonaning boyliklari uchun 16 kishi da’vogarlik qilmoqda

Maradonaning boyliklari uchun 16 kishi da’vogarlik qilmoqda
Afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning boyliklari uchun jiddiy kurash boshlandi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu boyliklar uchun sobiq futbolchining 5 nafar qonuniy va 7 nafar nikohsiz farzandlari hamda 4 ta singlisi, jami 16 nafar qarinoshi da’vogarlik qilmoqda.

Maradonaning jami boyliklari 40 million yevroga baholanmoqda. Unga naqd pul, turli mamlakatlardagi mulk va hashamatli avtoulovlar kiradi.

“JCH-1986” g‘olibi o‘limidan oldin hech qanday vasiyat qoldirmagan va shu sababli uning merosi sud orqali bo‘lib beriladi.
Maradona joriy yilning 25 noyabr kuni yurak to‘xtashi oqibatida 60 yoshida vafot etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maradonaning boyliklari uchun 16 kishi da’vogarlik qilmoqda