23:34 / 12.12.2020
6 763

Armaniston Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qoraboqqa hujum boshlaganini e’lon qildi

Armaniston Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qoraboqqa hujum boshlaganini e’lon qildi
Foto: «RIA Novosti»
Armaniston Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan Tog‘li Qorabog‘da hujum boshlaganini e’lon qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi sulh buzilganligini tasdiqlamoqda deya xabar bermoqda Meduza.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum mintaqaning janubidagi Stariy Taglar va Xsaberd aholi punktlari tomon boshlangan. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hujumni qaytarish uchun Armaniston qo‘shinlari choralar ko‘rmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi voqea tafsilotlarini ma’lum qilmasdan, tinchlik bitimidan beri birinchi marta sulh buzilganligini tasdiqladi. Ozarbayjon tomoni hali vaziyatga izoh bermadi.

Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulh 10 noyabrga o‘tar kechasi e’lon qilindi. Kelishuvlarga muvofiq, Ozarbayjon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hududining qariyb yarmi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.

Sulhga Rossiya vositachiligi bilan erishildi. Muvofiqlikni nazorat qilish uchun mintaqaga Rossiya tinchlikparvar kuchlari yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qoraboqqa hujum boshlaganini e’lon qildi