13:02 / 14.12.2020
4 142

Xitoyda ari inlari ognemyotga ega dron yordamida yo‘q qilinmoqda (video)

Xitoyda ari inlari ognemyotga ega dron yordamida yo‘q qilinmoqda (video)
Xitoy markazidagi Chjunsyan qishlog‘i aholisining yashashiga xalaqit beradigan arilar inini yo‘q qilish uchun ognemyotga ega dron jalb etildi, deb xabar beradi Meduza.

Blue Sky Rescue xayriya tashkiloti dron xarid qilish va uni ognemyot bilan jihozlash uchun 13 ming dollar to‘plashga yordam bergan. Ari inlarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya xuddi o‘zga sayyoraliklarning bosqini tasvirlangan filmlarga o‘xshaydi.

Hozircha dron yordamida 11 ta ari ini yakson qilingan, ular taxminan 100 taga teng. Chjunsyan aholisi bundan juda xursand. «Endi ari chaqib olishidan xavotirga tushmasak ham bo‘ladi», — deydi mahalliy aholidan biri.

Blue Sky Rescue’ning ma’lum qilishicha, dron ari inlarini yo‘q qilib bo‘lgach, undan boshqa maqsadlarda, masalan, dengizdagi odamlarni qutqarish yo‘lida foydalanish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda ari inlari ognemyotga ega dron yordamida yo‘q qilinmoqda (video)