09:00 / 15.12.2020
5 562

Jirinovskiy "xitoylik Gorbachyov" paydo bo‘lishini bashorat qildi

Jirinovskiy "xitoylik Gorbachyov" paydo bo‘lishini bashorat qildi
AQSH boshchiligidagi G‘arb dunyosi Xitoyni zaiflashtirish uchun "xitoylik Gorbachyovni joriy qiladi", dedi LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy partiya 32-yig‘ilishida. Bu haqda RIA Novosti xabariga asosan Sputnik ma’lum qildi.

"Amerika va G‘arb dunyosi nima qiladi? Xitoyni zaiflashtiradi. Rossiya xohlagancha yashasin, biz esa Xitoyga zarba beramiz ... Nima qilishadi? “Xitoy Gorbachyovini joriy qilishadi". Buni amalga oshirish mumkin, negaki millionlab, o‘n millionlab xitoylik xorijda tahsil olmoqda. Keyin ular qaytib kelishadi. U yerda ularni yo‘lga solish mumkin", - dedi Jirinovskiy.

Uning fikriga ko‘ra, XXRda "xitoylik Gorbachyov" paydo bo‘lishi bilan kommunistik mafkura taqiqlanib, ko‘p partiyaviylik tizimga o‘tiladi.
"10-15 ta davlatga bo‘linadi, yadro quroli yo‘q qilinib, Rossiyaga qarshi ruhda yangi armiya yaratiladi. Go‘yoki, xitoyliklar qarang, sizlarga – Vladivostok va Sibirning bir qismi tegishli bo‘lgan edi", - dedi Jirinovskiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirinovskiy "xitoylik Gorbachyov" paydo bo‘lishini bashorat qildi