12:25 / 18.12.2020
1 488

Inson yuzi ko‘rinishidagi himoya niqoblarini ishlab chiqargan yaponiyalik dizayner xaridorlarni qo‘rqitib yubordi (foto)

Inson yuzi ko‘rinishidagi himoya niqoblarini ishlab chiqargan yaponiyalik dizayner xaridorlarni qo‘rqitib yubordi (foto)
Foto: Daily Mail
Yaponiyalik dizayner sota boshlagan yuz qiyofasi aks etgan niqob xaridorlarni qo‘rqitib yubordi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Yaponiya poytaxti Tokioda yashovchi Shuxey Okavaraning ma’lum qilishicha, u shunchaki kayfiyat uchun 3D printer yordamida haqiqiy yuz ko‘rinishidagi niqoblar tayyorlashni boshlagan. Shunday qilib, u avval o‘zining yuz nusxasini yaratgan. Keyinchalik bir nechta begona insonlarning suratini olib, ularning ko‘rinishiga taqlid qiluvchi niqoblarni ishlab chiqqan.

Ushbu mahsulot muallifining so‘zlariga ko‘ra, u rasm yuborgan kishilarning har biriga 300 funt sterling (407 dollar) to‘lagan. Dizaynerning qo‘shimcha qilishicha, foydalanuvchilardan olingan suratlarga qarab, bunday niqoblarga talab katta bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Foto: Daily Mail
Tez orada yuz shaklidagi niqoblar Tokioning Kamenya Omote do‘koni rastalaridan joy oladi. Shuningdek, ularning har biri 700 funt sterling (951 dollar) deb baholangan.

«Ko‘pincha bunday niqoblar san’at asari hisoblanadi va shu sababdan ham sotib olinadi», − deya tushuntiradi Okavara.

Foto: Daily Mail
Niqob dizayni ushbu ma’lumot bilan tanishgan internet foydalanuvchilari tomonidan tanqidga uchragan. Ularning fikriga ko‘ra, niqoblar realistik ko‘rinishga ega. «Bu juda qo‘rqinchili», «Jinoyatchilar uchun juda yaxshi niqob – yomon oqibatlarga olib kelishi shubhasiz», «Bunday niqob yolg‘iz bo‘lsam, meni qo‘rqitadimi?», «Shaxsan men uchun bu dahshat», − deya izohlar ham qoldirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)